Spektakllar
“Navoiy” Musiqali maqom spektakl
Alisher Navoiy ijodi, uningsh tuganmas, insonni komillikka etaklovchi asarlari, butun dunyoning noyob asarlaridan hisoblanadi. Bejiz, Muhtaram yurtboshimiz Sh.Mimrziyoev BMT sammitida butun dunyoni Navoiy tilida gapirishga undamadi.
Bu-maqom spektakli Navoiy ijodi, uning asarlar yaratishdagi xilma-xil dunyo qarashini o‘zida mujassam etadi. Navoiy foniy dunyodan boqiy dunyoga xalq uchun xizmat qiladigan asarlar yaratish uchun safarbar etiladi.
Ijodiy ilxom parvozi Navoiyga turk tilida “Xamsa”ni zavqini beradi.
Sharq ijod olamida forsiy til ustunligi davrida, xaqqa hamohang turk tilida asar yaratishga hali hech bir ijodkor jazm etmagan edi.
Saroydagi turli fitnalardan charchagan Navoiy, o‘z do‘sti, Huroson elining hukmdori Sulton Bayqaroga saroydan ketishini va “Hamsa”ni yaratish ustida ish olib borishini aytadi. Bu qabul qilingan qaror, Sulton Bayqaroga ruhiy zarba beradi. Uo‘z do‘sti, davlat arbobidan ajralganini ana shunda sezadi. Ijod erkinligi qanchalik muhim ekanligini anglaydi.
Navoiy o‘z shogirdlari hamrohligida Sulton Bayqaroga Hamsa asarini taqdim etadi. Asarni ko‘zdan kechirgan hukmdor Navoiyni bu asari bilan o‘zi egallab turgan lavozimidan ming chandon ustun ekanligiga tan beradi. Navoiy o‘z Hamsasini o‘z xaqiga bag‘ishlaydi.
Hurmatli tamoshabin! Navoiy asarlarini mutoala qiling, o‘zingizning ma’naviy dunyoingizni boyiting! Navoiy asarlari asosida taralayotgan maqom kuy-qo‘shiqlari orqali ijod olamiga sayohat qiling!
Batafsil“Maqomi tanho ” Musiqali maqom spektakli
“Davru davronlar o‘taveradi, umrlar ham nixoyaga yetaveradi. Qanchalab bo‘stonu qancha guliston gul ochib, vaqt etgach, so‘lishda davom etaveradi. Ammo “Maqomat” va “Maqomat”da dong taratgan nodir siymolar nomi tarix zarvaroqlaridan toabad, makon tutaveradi! ”
Mazkur “Maqomi tanxo” nomli musiqali maqom spektakli nihoyasida Amir Olimxon tilidan yangragan so‘zlardagi falsafa asarning boshidan to oxiriga qadar xukmronlik qiladi.
Ushbu asarda yosh xofiz Xudoyberdi va uning sevgilisi Husnora, malika Moxro‘y, XX asrning birinchi yarmida maqom ijrochiligida etakchilik qilgan mashxur xofizlar; Mulla to‘ychi Toshmuxammedov, Sodirxon xofiz, Hoji Abdul Aziz, domla Halimlar markaziy obraz sifatida namoyon bo‘ladilar. Yosh xofiz Xudoyberdi va kanizak Husnoralarning sevgisi bahonasida ijro qilingan maqom qo‘shiqlari orqali, tomoshabin, qadim ota- bobolarimiz tomonidan yaratilgan mumtoz xalq maqomining musiqiy dunyoda naqadar yuksaklik kasb etganligini yana bir bor shoxidi bo‘ladilar!
Mazkur musiqali maqom spektakli nixoyasida Amir Olimxon tomonidan: “Inson zoti shuni yaxshi bilsinlarkim, ulug‘ zaxmatla o‘lmas dunyo, o‘lmas asarlar yaratish bobida elgan nasli odamizod, xazonsiz yashagay jumla olamda ,” degan hikmat inshaalloh dasturamal bo‘lgay barcha-barchaga.
Batafsil“Umidim bor...” Musiqali maqom spektakli
Mazkur asar musiqali maqom spektaktli janrida yozilgan. Unda bugungi kunda jamiyat orasida tarqalgan illatlardan biri oilaviy mojarolar tufayli tirik etim qolayotgan farzandlarning ayanchli taqdiriga oid voqealar asos qilib olingan. Asar voqealari talqinida ota-onasi tomonidan tashlab ketilgan bosh qahramon o‘zining tashlandiq bola ekanligini anglagandan so‘ng boshidan kechirgan ruhiy azoblari ifoda etilgan. Yigit o‘zini parvarishlab voyaga etkazgan momo haqiqiy onasi emasligini, haqiqiy ota-onasi qachonlardir undan voz kechishganini bilib olgandan so‘ng momoning vasiyatiga ko‘ra o‘z ota-onasini izlab yo‘lga tushadi. Ota-onasini izlash jarayonida uning ruhiyatida juda katta evrilishlar ro‘y beradi. U goh Kibr, Hasad, Ig‘vo, Adovat o‘tida qovrilsa, goh Mehr, Adolat, Haqiqat, E’tiqod tuyg‘ulari yordamida to‘g‘ri yo‘lni topishga muvaffaq bo‘ladi. Asar so‘ngida Yigit qalbidagi ezgu tuyg‘ular g‘alaba qozonadi. U garchi o‘z ota-onasini topgan bo‘lsa-da, ularning yangi oilalariga suqilib kirishdan, o‘z farzandliq haq-huquqini talab qilishdan voz kechadi. Kibr, Hasad, Ig‘vo, Adovat kabi illatlarning yo‘liga yurib, ota-onasini qoralash, ulardan qasos olish hissiga berilmaydi, aksincha, Momoning “Dunyoda faqat mehru muhabbat qoladi” o‘gitiga amal qilib, ularni kechiradi va tushkun qalbini umidvorlik tuyg‘ulari egallaydi. Asardagi ayrim voqealar jarayonida voqealar mazmuniga mos mumtoz maqom qo‘shiqlari singdirib yuborilganligi tomoshabinlarga asar mazmunini yanada teranroq anglash imkonini beradi.
Batafsil
“BOBUR MIRZO” Musiqali maqom spektakli
“Boburnoma” o‘zbek mumtoz nasrining nodir namunalaridan biri sifatida har jihatdan o‘rganilgan va talqin etilgan. Dramaturg Nurullo Abbosxon tomonidan mazkur asar ilk marta maqom yo‘nalishidagi musiqali maqom sifatida tomoshabinlarga taqdim etilmoqda. Dramada talqin etilgan voqealar Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari va g‘azallari, shuningdek, muallifning badiiy to‘qimalari asosiga qurilgan. Asarda har bir sahnaepizodlaridan keyin maqom qo‘shiqlari sifatida mazmunan shu voqealar talqiniga mos g‘azallar tanlab olingan. Asar bosh qahramoni Zahiriddin Muhammad Boburning 12 yoshida Farg‘ona taxtiga o‘tirishidan umrining oxirigacha kechgan ziddiyatlarga boy hayoti real voqealar asosida ochib beriladi. Natijada asardagi sahna epizodlari asosida tomoshabin ko‘z o‘ngida XVasr oxiri va XVI asr boshlarida temuriylar inqirozi, taxt uchun talash, boburiylar saltanatining barpo etilishi bilan bog‘liq Movarounnahr, Afg‘oniston va Hindistonda kechgan tarixiy voqealar gavdalanadi. Muallif asar dramatizmni kuchaytirish, tomoshabin diqqat-e'tiborini bosh qahramonga jalb etish maqsadida fitnachilikda ayblangan Zokir govning qatl etilishi, Samarqandning Shayboniyxon tomonidan qamalqilinishi, uning Hirotda Navoiy xonadonida bo‘lishi, tarixchi Xondamir va shahzoda Muzaffar mirzolar bilan uchrashuvlari, umr yo‘ldoshi Oyshabegim bilan kechgan ziddiyatli suhbatlari kabi bir qatortarixiy haqiqat bilan bog‘liq bo‘lgan badiiy to‘qimalardan ham unumli foydalangan. Bunday badiiyto‘qimalar asar badiiy qimmatini yanada oshirgan. Muallifning asosiy maqsadi Zahiriddin MuhammadBobur ziddiyatli qismati orqali o‘sha davrda avj olgan o‘zaro ichki nizolar, temuriylar saltanatining yemirilishi sabablarini ko‘rsatishga qaratilgan.Dramada ishtirok etgan har bir timsol bevosita yoki bilvosita bosh qahramon Zahiriddin Muhammad Boburning shoh va shoir sifatidagi dunyoqarashlari bilanbog‘liq vatanparvarlik tuyg’ulari hamda yuksak insoniylik fazilatlarini ochib berishga xizmat qilgan.
Batafsil
Shashmaqom
Shashmaqom spektaklida mumtoz maqomlar haqida so‘z borarkan, shuurimizda, tabiiyki, bu bebaho qadriyatning bizgacha yetib kelishida yaqin ӯtmishdagi murakkab shart-sharoitlarda ma’naviy jasorat va jonbozlik ko‘rsatgan ustoz san’atkorlarning siymosi gavdalanadi. Spektaklni asosiy qaxramoni xalqimizning ardoqli farzandi, Rajabiylar sulolasining yirik namoyandasi, atoqli bastakor, xonanda va sozanda, Ӯzbekiston xalq artisti, akademik Yunus Rajabiy siymosi alohida ehtirom tuyg‘ularini uygotadi. Zero, ulug‘ ustoz hayoti va ijodiy faoliyatida bugungi avlodlar uchun kӯp va xӯp ibratli namunalar bor. Alohida iste’dod sohibi bӯlgan Yunus Rajabiyning shogirdlik maqomidagi intilishlari kӯrsatib berilgan.
Shashmaqom Sharq mamlakatlari, jumladan o‘zbek xalqining musiqa san’atining buyuk va betakror mulkidir. U bir necha ming yillar davomida rivojlanib, xalqimizning ezgu niyatlarini ifoda qilib kelmoqda. Spektaklda musiqiy merosimizning kasbiy qatlami bo‘lmish «Shashamaqom» va Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llaridan unumli foydalanganligi bilan e’tiborga loyiqdir.
Layli va majnun – bir biriga iloxiy ishq yo‘lida intilgan ikki qalb egasidir.
Qalbi va vujudida shoirona xislatlarga ega bo‘lgan ikki yosh shu ilohiy ishq yo‘lida turli qiyinchiliklarni katta bardosh bilan yengib o‘tadilar.
O‘tgan asrda Layli va Majunning ilohiy sevgisiga shaxs sevgisi sifatida qaralgan, lekin bu noto‘g‘ri talqin va tushuncha hisoblanadi.
Olloh tomonidan yuborilgan ilohiy ishq yo‘lida bir biriga talpingan ikki qalb egasini oddiy odam aqldan ozish deb hisoblaydi, chunki ilohiy ishqni faqat Olloh nazari tushgan insonlargina his etishi mumkin.
Layli va Majnunning ilohiy ishqi bu so‘nmas olov bo‘lib, ishq yo‘lidagi sinovlvrda chaqnagan o‘t kabi shu olov o‘z maqsadiga olib boradi.
Munojot
Layli va majnun – bir biriga iloxiy ishq yo‘lida intilgan ikki qalb egasidir.
Qalbi va vujudida shoirona xislatlarga ega bo‘lgan ikki yosh shu ilohiy ishq yo‘lida turli qiyinchiliklarni katta bardosh bilan yengib o‘tadilar.
O‘tgan asrda Layli va Majunning ilohiy sevgisiga shaxs sevgisi sifatida qaralgan, lekin bu noto‘g‘ri talqin va tushuncha hisoblanadi.
Olloh tomonidan yuborilgan ilohiy ishq yo‘lida bir biriga talpingan ikki qalb egasini oddiy odam aqldan ozish deb hisoblaydi, chunki ilohiy ishqni faqat Olloh nazari tushgan insonlargina his etishi mumkin.
Layli va Majnunning ilohiy ishqi bu so‘nmas olov bo‘lib, ishq yo‘lidagi sinovlvrda chaqnagan o‘t kabi shu olov o‘z maqsadiga olib boradi.
Muhabbat bo‘stoni
“Muhabbat bo‘stoni” - teatrlashtirilgan maqom-konserti noodatiy tarzda sahnalashtirilgan bo‘lib, maqom-konsert dasturi voqealar bilan boyitilgan. Har bir ijro etiladigan maqom qo‘shig‘ini dramatik
voqealar to‘ldirib keladi, maqom qo‘shig‘ining ta’sirchanligini va asl
mohiyatini tushunishda tomoshabinga yordam beradi.
Sharq elining islomiy yetakchisi bo‘lgan – Shayx San’on, kunlardan bir kun tush ko‘radi. Bu tush bir necha marotaba takrorlanadi. Tushida bir nasroniy Tarso qizi unga namoyon bo‘ladi. Shayxning bu qizga ishqi tushadi. Bu Olloh tomonidan Shayxga yuborilgan ilohiy ishq edi. Shayx ishq yo‘lida turli sinovlarni o‘z boshidan o‘tkazadi. Uning jismini bu - ishq olov bo‘lib, o‘tga solardi. Shayx ishq yo‘lida hamma shartlarni bajaradi, lekin Tarso qiz uni rad etadi. Shayxni bu sinovli mashaqqatlarida uning – Sodiq muridi
joniga oro kiradi. Sodiq murid bir kecha Ollohga iltijo qiladi. Olloh Shayxni ishq sinovidan xalos etadi. Tarso qizga Iso alayhissalomdan xabar keladi. Tarso qiz Shayx ortidan Ka’ba tomon yo‘lga tushadi. O‘z
uzrini bayon etgan Tarso qiz kalima keltirib, Shayx qo‘lida jon topshiradi. Ollohdan hayoti davomida qilgan ishlari uchun uzr so‘rab, Shayx
ham qazo qiladi. Ikki ilohiy ishq egalari muhabbat bo‘stonida bir-birlariga yetishadi.
Ko‘nglim sandadur yoxud qo‘qon ushog‘i
Mazkur musiqali dramada XIX asr oxiri XX asr boshlarida Qo‘qon shahrida o‘z davrining taniqli shoiri Muhammadaminxo‘ja Muqimiy hayotida ro‘y bergan voqealar haqida hikoya qilinadi. Asarda tomoshabin shoirning hayoti va ijodi, xalq orasida tutgan mavqei, oilaviy hayotining ayrim qirralari, Qo‘qon adabiy muhitidagi o‘rni bilan tanishtiriladi. Dramaning turli ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarga boy sahnalarda shoir ijodining o‘ziga xos qirralari, uning orzu va armonlari, kelajakka bo‘lgan yuksak ishonchi ochib berilgan. Shuningdek, tomoshabin asarda o‘sha davrga xos o‘zbek maqomchilik san’ati namunalari bilan ham tanishish imkoniga ega bo‘ladi.
BatafsilSexrli chimildiq yoki yoshlikni qo‘msab
Asar musiqali komediya janrida yozilgan. Unda keyingi paytlarda jamiyatimizda tez-tez uchrab turadigan oilaviy mojarolardan biri o‘tkir hajv qilish yo‘li bilan fosh etilgan. Asar qahramoni oltmish yoshga kirgan Botirvoyning ko‘ngli yosh xotin tusab qoladi. Shu sababli o‘zining qirq yillik turmush o‘rtog‘i, butun umri bo‘yi unga sadoqat bilan bir yostiqqa bosh qo‘yib kelgan kampiri ko‘ziga xunuk ko‘rinib, yosh xotinga uylanish ilinjiga tushadi va kampirning har bir xatti-harakatida kamchilik izlaydi hamda undan o‘zini yosh ayollardek tutishga talab qila boshlaydi. Kampir esa cholining bu injiqliklariga sodda o‘zbek ayollariga xos bir tarzda javob qaytaradi. Bu hol cholning g‘ashiga tegadi va boshqa ayolga uylanish istagini yanada oshiradi.
BatafsilMarg‘ilon darg‘alari
Mazkur asar musiqali maqom spektaktli janrida yozilgan. Unda o‘zbek mumtoz qo‘shiqchilik san’tining taniqli namoyandasi marg‘ilonlik hofiz Jo‘raxon Sultonov hayoti va ijodiga xos ayrim voqealar haqida hikoya qilinadi. Asarda bosh qahramonning bolaligidan tortib, o‘tgan asrning 60-yillarigacha bo‘lgan voqealar asos qilib olingan. Asar voqealari talqinida bosh qahramon Jo‘raxon Sultonovning mumtoz
ashulachilik san’atiga kirib kelishi, maqomchiliksir-asrorlarini birma-bir o‘rganib borishi, bu boradagi yutuqlari, o‘z zamondoshi bo‘lgan yana bir marg‘ilonlik taniqli xonanda Ma’murjon Uzoqovga ustozlik qilish jarayonlari ochib beriladi. Voqelar jarayonida o‘zbek mumtoz qo‘shiqchilik san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shgan boshqa bir qator xalq hofizlari ijodiga ham nazar tashlab o‘tilgan. Shuningdek, asardagi ayrim voqealar jarayonida o‘sha davrda mumtoz qo‘shiqchilik – maqom san’atiga nisbatan shakllangan qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy qarashlar ham o‘z ifodasini topgan. Musiqali maqom spektaktli voqealariga mos ravishda taniqli hofizlar Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqovlar tomonidan ijro etilgan mumtoz qo‘shiqlar singdirib yuborilgan.
“Buzruk”ning buzrukligi”
Mazkur asar musiqali maqom adabiy kompozit-
siyasi janrida yozilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston
va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, O‘zbekiston
Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazar-
bekov repertuaridagi qo‘shiqlardan foydalanil-
gan. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti
Аbduhoshim Xoshimov maqom yo‘nalishiga
o‘girgan. Asarni tayyorlashda har bir sahna
ko‘rinishiga unda foydalanilgan qo‘shiqlar maz-
muniga mos keluvchi voqealar singdirib yuborilgan.
Bu sahna ko‘rinishlariga taniqli yozuvchimiz
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi
ayrim syujetlar asos qilib olingan. Jumladan,
romandagi Usta Olim obrazi asarning bosh qah-
ramoni sifatida tanlangan va barcha epizodlar
uning sevgi qissasi asosiga qurilgan. Asar voqe-
alaridagi dramatizmni yanada kuchaytirish,
asar qahramonlari orasidagi o‘zaro konfliktlar
hamda qahramonlarning ichki konfliktlari (zid-
diyatli ruhiy kechinmalari)ni yanada keskinlash-
tirish maqsadida unga shoh obrazi ham olib ki-
rilgan. Ma’lumki, konflikt har qanday dramatik
asarning asosini tashkil etib, uning syujetini
harakatga keltiruvchi hamda unga alohida kuch
beruvchi qudratli vositadir. Konflikt asar g‘oya-
sini, muallifning ijodiy niyatlarini, personajlar-
ning o‘zaro aloqalari va ular o‘rtasida yuz ber-
gan kurashni ifoda etadi. Mazkur asardagi aso-
siy ziddiyatlar bosh qahramon Usta Olim, uning
suyuklisi saodat va shoh obrazlari uchligida
namoyon bo‘ladi va dramaturgik konfliktli vazi-
yat tomoshabinlarga voqeylikdagi ziddiyatlarning
badiiy ifodasi sifatida taqdim etiladi.
Batafsil“ISKANDAR” (musiqali maqom spektakli)
Iskandar obrazi haqida ko'plab munozaralar mavjud. Ilm ahli o'rtasida ham Iskandar Zulqarnayn boshqa, Makedonyalik Iskandar boshqa inson degan bahslar bor. Xazrat Alisher Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonida ushbu ikki obrazlar birlashib sharqona ohanglar bilan yo'g'rilib barcha podshohlarga namuna sifatida ifoda etiladi. Ushbu asar hozirgi geosiyosiy hunrezliklar avj olayotgan dunyoda aktualligi bilan diqqatga sazovordir. Iskandar va Shoh Doro qissalari asos qilib olingan ushbu spektakl prologida Xazrat Navoiy beshinchi doston "Saddi Iskandariy" ni yozishga qo'li bormayotganidan, Xamsani yozishga chog'langanidan xijolatlar chekib turganini ko'ramiz. Uning ko'z o'ngida qabristonlarni kezib yuruvchi darvesh va Iskandar namoyon bo‘ladi. Yassaviyning "Oshiq qilg'il" she'riga ishlangan ashula ohangida darvesh va Iskandar o'rtasida Boqiy va foniy dunyo o'rtasidagi inson taqdiri haqida falsafiy suhbat bo'lib o'tadi. Navoiy bundan ilhomlangan holda, Iskandar qissasini so'zlashga azm etib spektakl davomida roviy sifatida ishtirok etadi. Dunyo bilan hayrlashayotgan Faylaqus toj-taxtni o'g'li Iskandarga meros qilib qoldiradi. O'g'ilni podshohlikka xohish istagi bo'lmasada uning atrofidagi olimlar oxir oqibat taxtga o'tirishga majbur qiladilar. Iskandar va Doro o'rtasida murosasiz suhbat bo'lib o'tadi. Qudratli Doro lashkarlari va kichik sonli Iskandar qo'shini o'rtasida ayovsiz jang boshlanadi. Lekin qanchalar kuchli bo'lmasin, ichidan yemirilgan qudratli davlat podshohini sotqinlar o'ldiradilar. Iskandar Doroni yenggach, butun dunyoni egallash jahdiga tushadi. Shimol va G'arb orasida yashovchi aholi iltimosiga binoan Yajuj da'fi uchun mustahkam devor qurdiradi. Qazo soati yetib o'z onasiga qarata aytgan so'zlarida butun insoniyat uchun ibrat bo'ladigan falsafa yotadi. Ushbu spektakl insonlar qanchalik qudratli bo'lmasin, qanchalik boylikka ega bo'lmasin bu dunyodan o'tishi tayinligi, mol-mulk, davlat talashib nizo chiqarish behuda ish ekanligi va bu dunyo hech kimga vafo qilmaganligi haqida.
Batafsil“IKKI QALB NOLASI” (musiqali maqom fojiasi )
Fariduddin Attorning “Ilohiynoma” asarida inson hayotining turli qirralari o‘z ifodasini topgan. Jumladan, unda keltirilgan “Robiya va Bektosh qissasi” real tarixiy voqealarga asoslangan bo‘lib, unda “zaynularab” deb ta’riflangan zullisonnayn shoira, Balx malikasi Robiyaning oddiy navkar turk yigiti Bektoshga bo‘lgan muhabbat qissasi bayon etilgan. Ma’lumki, muhabbat inson hayotining eng go‘zal va sirli tuyg‘ularidan biridir. U qalbning eng chuqur qatlamlaridan o‘rin olib, ruhni yoritadigan, dunyo hayotini sermazmun qiladigan kuchli nur bo‘lib, uni anglash va ifoda etish juda murakkab va nozik jarayon. Muhabbat – faqatgina shaxslar o‘rtasidagi ularni bir-biriga bog‘lab turadigan oddiy his-tuyg‘u emas, balki insonning ichki dunyosini boyitadigan, uni yanada teranlashtiradigan qudratli kuchdir. Bu, odatda, mehr, sadoqat, hurmat va samimiylik bilan ifodalanadi hamda insonni yaxshilikka undaydi, hayotiga yangi ranglar kiritadi, uni kuchliroq, baxtliroq qiladi, ruhiyatini yuksaltiradi, qiyinchiliklarga bardosh berishga yordam beradi, unga mislsiz jasorat baxsh etadi. “Robiya va Bektosh” qissasida muhabbatning ana shunday jihatlari ochib berilgan. Shu qissa asosida instsenirovka qilingan “Ikki qalb nolasi” tarixiy mavzudagi fojia bo‘lib, unda qissaning mazmuni saqlab qolinishi bilan bir qatorda, maqom teatri xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uning mazmuniga ilohiy muhabbat mazmunidagi lirik qo‘shiqlar ham singdirib yuborilgan. Bu qo‘shiqlarda Robiyai Balxiy, Boborahim Mashrab, Muhammad Fuzuliy g‘azallari, Habibulloxon Ahmedov she’ri hamda “Ilohiynoma”da keltirilgan ayrim parchalar matnidan foydalanilgan. Asar ziddiyatlarga boy epizodlar bilan boyitilgan va qahramonlarning o‘zaro to‘qnashuvlari jarayonida Robiya va Bektoshning bir-biriga bo‘lgan muhabbati ochib beriladi. Asardagi har bir epizod bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘lanishda bo‘lib, tomoshabin ko‘z ongida haqiqiy muhabbat qissasining real manzaralari namoyon bo‘ladi.
Batafsil