Spektakllar
“Umidim bor...” Musiqali maqom spektakli
Spektakl haqida:
Mazkur asar musiqali maqom spektaktli janrida yozilgan. Unda bugungi kunda jamiyat orasida tarqalgan illatlardan biri oilaviy mojarolar tufayli tirik etim qolayotgan farzandlarning ayanchli taqdiriga oid voqealar asos qilib olingan. Asar voqealari talqinida ota-onasi tomonidan tashlab ketilgan bosh qahramon o‘zining tashlandiq bola ekanligini anglagandan so‘ng boshidan kechirgan ruhiy azoblari ifoda etilgan. Yigit o‘zini parvarishlab voyaga etkazgan momo haqiqiy onasi emasligini, haqiqiy ota-onasi qachonlardir undan voz kechishganini bilib olgandan so‘ng momoning vasiyatiga ko‘ra o‘z ota-onasini izlab yo‘lga tushadi. Ota-onasini izlash jarayonida uning ruhiyatida juda katta evrilishlar ro‘y beradi. U goh Kibr, Hasad, Ig‘vo, Adovat o‘tida qovrilsa, goh Mehr, Adolat, Haqiqat, E’tiqod tuyg‘ulari yordamida to‘g‘ri yo‘lni topishga muvaffaq bo‘ladi. Asar so‘ngida Yigit qalbidagi ezgu tuyg‘ular g‘alaba qozonadi. U garchi o‘z ota-onasini topgan bo‘lsa-da, ularning yangi oilalariga suqilib kirishdan, o‘z farzandliq haq-huquqini talab qilishdan voz kechadi. Kibr, Hasad, Ig‘vo, Adovat kabi illatlarning yo‘liga yurib, ota-onasini qoralash, ulardan qasos olish hissiga berilmaydi, aksincha, Momoning “Dunyoda faqat mehru muhabbat qoladi” o‘gitiga amal qilib, ularni kechiradi va tushkun qalbini umidvorlik tuyg‘ulari egallaydi. Asardagi ayrim voqealar jarayonida voqealar mazmuniga mos mumtoz maqom qo‘shiqlari singdirib yuborilganligi tomoshabinlarga asar mazmunini yanada teranroq anglash imkonini beradi.
Rollarda:
Sahnalashtiruvchi rejissyor – Xo‘jamberdi Egamberdiyev.
Sahnalashtiruvchi rassom – Qahramon Mamaziyayev.
Liboslar bo‘yicha rassom – Islom Qurbonov.
Roviy - Botir Sultonov.
Yigit - Aziz Isroilov.
Yosh ona - Nodira Akramova.
Yosh ota - Shahboz Nizomiddinov.
Ona - L.Usmonova, M Sa’itova,M.Yunusova.
Ota - Nurullo Tursunov Rahmon Umarov.
O‘g‘il - Shamshod Sultonov.
Momo - M.Saitova, L.Usmonova, M.Yunusova.
Odam - Rahmon Umarov, Nurullo Tursunov .
Umid - Islom Sotvoldiyev.
Adolat - To‘lanboy Oripov.
Mehr - Xurshid Murodov.
Hasad - Zuhriddin Mirzayev.
Ig‘vo - Javlon Rahmonov .
Kibr - Asror Sultonov.