Spektakllar
“Maqomi tanho ” Musiqali maqom spektakli
Spektakl haqida:
“Davru davronlar o‘taveradi, umrlar ham nixoyaga yetaveradi. Qanchalab bo‘stonu qancha guliston gul ochib, vaqt etgach, so‘lishda davom etaveradi. Ammo “Maqomat” va “Maqomat”da dong taratgan nodir siymolar nomi tarix zarvaroqlaridan toabad, makon tutaveradi! ” Mazkur “Maqomi tanxo” nomli musiqali maqom spektakli nihoyasida Amir Olimxon tilidan yangragan so‘zlardagi falsafa asarning boshidan to oxiriga qadar xukmronlik qiladi. Ushbu asarda yosh xofiz Xudoyberdi va uning sevgilisi Husnora, malika Moxro‘y, XX asrning birinchi yarmida maqom ijrochiligida etakchilik qilgan mashxur xofizlar; Mulla to‘ychi Toshmuxammedov, Sodirxon xofiz, Hoji Abdul Aziz, domla Halimlar markaziy obraz sifatida namoyon bo‘ladilar. Yosh xofiz Xudoyberdi va kanizak Husnoralarning sevgisi bahonasida ijro qilingan maqom qo‘shiqlari orqali, tomoshabin, qadim ota- bobolarimiz tomonidan yaratilgan mumtoz xalq maqomining musiqiy dunyoda naqadar yuksaklik kasb etganligini yana bir bor shoxidi bo‘ladilar! Mazkur musiqali maqom spektakli nixoyasida Amir Olimxon tomonidan: “Inson zoti shuni yaxshi bilsinlarkim, ulug‘ zaxmatla o‘lmas dunyo, o‘lmas asarlar yaratish bobida elgan nasli odamizod, xazonsiz yashagay jumla olamda ,” degan hikmat inshaalloh dasturamal bo‘lgay barcha-barchaga.
Rollarda:
Аsar mualiflari: M.Tojiboev, Hayitmat Rasul
Sahnalashtiruvchi rejissiyor: Doston Haqberdiev
Sahnalashtiruvchi rassom: Shuxrat Matyoqubov
Maqom kuy-qo‘shiqlarni tayorlovchi bastakor: Shavkat Matyoqubov
Raqslarni sahnalashtiruvchi: Farangiz Lutfullaeva
Liboslar bo‘yicha rassom: Sarvinoz Madaminjonova
Bosh rollarda:
Amir Olimxon – Adham Qirg‘izboev, Botir Sultonov
Moxiro‘y, malika – Raximova Mehriniso, Ma’mura Saitova
Do‘ndi, kanizak - Shalola G‘aybullaeva, Rahimova Mehriniso
Xusnora, kanizak – Karimova Feruza
Nurmat, Xusnorani otasi – Tursunov Nurullo