Spektakllar
“BOBUR MIRZO” Musiqali maqom spektakli
Spektakl haqida:
“Boburnoma” o‘zbek mumtoz nasrining nodir namunalaridan biri sifatida har jihatdan o‘rganilgan va talqin etilgan. Dramaturg Nurullo Abbosxon tomonidan mazkur asar ilk marta maqom yo‘nalishidagi musiqali maqom sifatida tomoshabinlarga taqdim etilmoqda. Dramada talqin etilgan voqealar Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari va g‘azallari, shuningdek, muallifning badiiy to‘qimalari asosiga qurilgan. Asarda har bir sahnaepizodlaridan keyin maqom qo‘shiqlari sifatida mazmunan shu voqealar talqiniga mos g‘azallar tanlab olingan. Asar bosh qahramoni Zahiriddin Muhammad Boburning 12 yoshida Farg‘ona taxtiga o‘tirishidan umrining oxirigacha kechgan ziddiyatlarga boy hayoti real voqealar asosida ochib beriladi. Natijada asardagi sahna epizodlari asosida tomoshabin ko‘z o‘ngida XVasr oxiri va XVI asr boshlarida temuriylar inqirozi, taxt uchun talash, boburiylar saltanatining barpo etilishi bilan bog‘liq Movarounnahr, Afg‘oniston va Hindistonda kechgan tarixiy voqealar gavdalanadi. Muallif asar dramatizmni kuchaytirish, tomoshabin diqqat-e'tiborini bosh qahramonga jalb etish maqsadida fitnachilikda ayblangan Zokir govning qatl etilishi, Samarqandning Shayboniyxon tomonidan qamalqilinishi, uning Hirotda Navoiy xonadonida bo‘lishi, tarixchi Xondamir va shahzoda Muzaffar mirzolar bilan uchrashuvlari, umr yo‘ldoshi Oyshabegim bilan kechgan ziddiyatli suhbatlari kabi bir qatortarixiy haqiqat bilan bog‘liq bo‘lgan badiiy to‘qimalardan ham unumli foydalangan. Bunday badiiyto‘qimalar asar badiiy qimmatini yanada oshirgan. Muallifning asosiy maqsadi Zahiriddin MuhammadBobur ziddiyatli qismati orqali o‘sha davrda avj olgan o‘zaro ichki nizolar, temuriylar saltanatining yemirilishi sabablarini ko‘rsatishga qaratilgan.Dramada ishtirok etgan har bir timsol bevosita yoki bilvosita bosh qahramon Zahiriddin Muhammad Boburning shoh va shoir sifatidagi dunyoqarashlari bilanbog‘liq vatanparvarlik tuyg’ulari hamda yuksak insoniylik fazilatlarini ochib berishga xizmat qilgan.
Rollarda:
Sahnalashtiruvchi rejissyor – Doston Haqberdiyev.
Sahnalashtiruvchi rassom – Jaloliddin Rahimov.
Liboslar bo‘yicha rassom – Rayhon Yuldashev.
Teatr bosh rassomi – Islom Qurbonov.
Rassomlar – Ixtiyor G’oyipov, F. G‘afforov.
Raqslarni sahnalashtiruvchi – Farangiz Lutfullayeva.
Maqom kuy-ashulalarini tayyorlovchi bastakor – Ochilbek Matchonov