Spektakllar
“Navoiy” Musiqali maqom spektakl
Spektakl haqida:
Alisher Navoiy ijodi, uningsh tuganmas, insonni komillikka etaklovchi asarlari, butun dunyoning noyob asarlaridan hisoblanadi. Bejiz, Muhtaram yurtboshimiz Sh.Mimrziyoev BMT sammitida butun dunyoni Navoiy tilida gapirishga undamadi. Bu-maqom spektakli Navoiy ijodi, uning asarlar yaratishdagi xilma-xil dunyo qarashini o‘zida mujassam etadi. Navoiy foniy dunyodan boqiy dunyoga xalq uchun xizmat qiladigan asarlar yaratish uchun safarbar etiladi. Ijodiy ilxom parvozi Navoiyga turk tilida “Xamsa”ni zavqini beradi. Sharq ijod olamida forsiy til ustunligi davrida, xaqqa hamohang turk tilida asar yaratishga hali hech bir ijodkor jazm etmagan edi. Saroydagi turli fitnalardan charchagan Navoiy, o‘z do‘sti, Huroson elining hukmdori Sulton Bayqaroga saroydan ketishini va “Hamsa”ni yaratish ustida ish olib borishini aytadi. Bu qabul qilingan qaror, Sulton Bayqaroga ruhiy zarba beradi. Uo‘z do‘sti, davlat arbobidan ajralganini ana shunda sezadi. Ijod erkinligi qanchalik muhim ekanligini anglaydi. Navoiy o‘z shogirdlari hamrohligida Sulton Bayqaroga Hamsa asarini taqdim etadi. Asarni ko‘zdan kechirgan hukmdor Navoiyni bu asari bilan o‘zi egallab turgan lavozimidan ming chandon ustun ekanligiga tan beradi. Navoiy o‘z Hamsasini o‘z xaqiga bag‘ishlaydi. Hurmatli tamoshabin! Navoiy asarlarini mutoala qiling, o‘zingizning ma’naviy dunyoingizni boyiting! Navoiy asarlari asosida taralayotgan maqom kuy-qo‘shiqlari orqali ijod olamiga sayohat qiling!
Rollarda:
Аsar mualifi: Nurullo Abboshon
Sahnalashtiruvchi rejissyor: Doston Haqberdiev
Sahnalashtiruvchi rassom:Jaloliddin Rahimov
Liboslar bo‘yicha rassom:Lobar Palvanova
Maqom kuy-qo‘shiqlarini tayyorlovchi bastakor:
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist –AbdurahmonHoltojiev
Bosh rollarda:
Navoiy – Aziz Isroilov
Boyqaro – Botir Sultonov,
Jomiy – Adham Qirg‘izboev, Rahmonali Umarov
Hadichabegim – Maftuna Alijonova, O‘g‘iloy Bahodirova
Majididdin – Asror Sultonov,Madiyor Ibragimov