Raxmonova Shalolaxon Murodillaxon qizi
Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri vokal artisti Raxmonova Shalolaxon Murodillaxon qizi TAVSIYANOMA Mukofotlanmagan: Umumiy mehnat faoliyati 12 yil. 1995-yil Namangan viloyati, Chust tumanida tug‘ilgan. Oilali, 1 nafar farzandning onasi. Shalolahon Rahmonova 2010-yil Namangan viloyati san’at kollejida estrada honandaligi bo‘limida ta’lim olgan. O‘qish jarayonimda ko‘plab ko‘rik tanlovlarga qatnashib faxirli birinchi o‘rinlarga ega bo‘lgan. 2011-yil o‘tkazilgan viloyat bosqichi “Nihol” ko‘rik tanlovida faxrli 1-o‘rin, 2012-yili o‘tkazilgan “Kelajak ovozi” ko‘rik tanlovida faxrli 1-o‘ringa sazavor bo‘lgan. 2013-yil kollejni tamomlab 2014-yil Namangan viloyati Musiqali drama teatrida avaliga xo‘r artisti keyinchalik vokal artisti vazifasida faoliyat boshlagan, ish jarayonimda ko‘plab spektakllarda ro‘llar ijro etgan jumladan Bosh rejisor Karim Yo‘ldashev sahnalashtirgan “Namangan allasi” spektaklida “Hamshira”’ rolida “Ayol bo‘lish osonmi” spektaklida “Sojida” ro‘lida va Xayrillo Soliyev sahnalashtirgan “Diloro” spektaklida Diloro obrazida bosh rol va shular qatorida ko‘plab spektakllarda epizod ro‘llarni o‘ynaganman 2018yil O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat insituti Farg‘ona mintaqaviy filialiga grant asosida o‘qishga kirgan. 2021-yil Marg‘ilon shaxar Musiqali maqom teatriga ishga qabul qilingan ish faoliyati davomida ko‘plab spektakllarda ro‘llar ijro etib kelmoqda, jumladan, “Alisher Navoiy” spektaklida Xadichabegim obrazida; “Shayx sanon” spektaklida Tarso obrazida; “Maqomi tanho” spektaklida do‘ndi va bosh ro‘l Xusnora obrazida; "Bayotim" spektakilida malika obrazida; “Oynisa” spektaklida bosh ro‘l robot qiz obrazida; "Uvaysiy" spektakilida bosh ro‘l Uvaysiy obrazida; "Ushshoq" spektakilida Saodat obrazida; "Taqdir eshigi" spektakilida bosh ro‘l Ayol ro‘llarini maxorat bilan ijro etdi. Bundan tashqari, shahar va viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan turli siyosiy va ommaviy madaniy tadbirlarda va jamoat ishlarida faol. Doimo o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashib, o‘z kasbiy maxoratini oshirishga doimo e’tibor beradi. Jamoada o‘zini tutishi va intizomi bilan ajralib turadi. Raxmonova Shalolaxon o‘zining jonkuyarligi, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib ijro intizomini mustaxkamlashga xarakat qiladi. Kamtarin va to‘g‘ri so‘z, boshqa xodimlariga nisbatan g‘amxo‘r, mexribon, talabchan bo‘lganligi uchun mehnat jamoasi unga xurmat bilan qaraydi.