Murodov Xurshidbek Mahmudjon o‘g‘li

Lavozim: ikkinchi toifali vokal artisti

Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri vokal artisti Murodov Xurshidbek Mahmudjon o‘g‘li 2019-2023 yili O‘zdsmifmf ga Musiqali teatr aktiyorligi yo‘nalishini tamomlagan. 2021-yilidan hozirgi kunga qadar Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatrida vokal artisti lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunga qadar teatrda15 dan ortiq spektakllarda bosh rol va yetakchi rollarini ijro qilib kelmoqda. Jumladan: “Muhabbat bo‘stoni’’ spektaklida Murid; “Navoiy” spektaklida Farhod va Mashhadiy; “Maqomi tanho” spektaklda Ayg‘oqchi, eshik og‘asi va Cherik; “Ko‘nglim sandadir yohud Qo‘qon ushog‘i” spektaklida Tanobchi, sotuvchi va askar; “Bobur” spektaklida Qobul podshohi Muqimbek; “Marg‘ilon darg‘alari spektaklida rus olimi; “Halima’’ spektaklida Zokirjon; “Umidim bor” spektaklida Mehr; “Buzrugimning buzrugi” spektaklida Arab shahzodasi; “Ushshoq” spektaklida Usta Olim, vazir va xalq; “Sinfdoshlar spektaklida Iskandar va o'quvchi; “Oynisa” spektaklda Bloger; “Uvaysiy” spektaklida Mahmudxon spektakllarida bosh rol va yetakchi rollarini ijro etib kelmoqda. Davlat tadbirlarida ham muntazam qatnashib hususan: 2022-yil Samarqand viloyatida Boqiy shahar ochilishidagi tadbirda Mayxonachi; 2024-yili Farg‘ona viloyati Mustaqillik bayramida Mahmudxo'ja Behbudiy; 2024-yil Qo‘qonda o‘tkazilgan xalqaro hunarmandlar festivalida Alloma. obrazlarida ishtirok etdi. Bundan tashqari, shahar va viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan turli siyosiy va ommaviy madaniy tadbirlarda va jamoat ishlarida faol. Doimo o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashib, o‘z kasbiy maxoratini oshirishga doimo e’tibor beradi. Jamoada o‘zini tutishi va intizomi bilan ajralib turadi. Murodov Xurshidbek Mahmudjon o‘g‘li o‘zining jonkuyarligi, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib ijro intizomini mustaxkamlashga xarakat qiladi. Kamtarin va to‘g‘ri so‘z, qo‘l ostidagi xodimlariga nisbatan g‘amxo‘r, mexribon, talabchan bo‘lganligi uchun mehnat jamoasi unga xurmat bilan qaraydi.