Saitova Ma’mura Xodjikurbonovna
Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatrining ikkinchi toifali xor artisti, 1965- yilda tugilgan, o‘zbek Saitova Ma’mura Xodjikurbanovnaga Saitova Ma’mura Xodjikurbanovna 1965-yilda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, 1980-1984- yillari Farg‘ona Musiqa bilim yurtining xor dirijyorligi bo‘limida tahsil oldi. 1984- yilda o‘qishni tamomlab, Farg‘ona shahridagi 7- o‘rta maktabda musiqa o‘qituvchisi bo‘lib ishladi.1994- yilda Farg‘ona shahar Xalq ta’limiga qarashli O‘qituvchilar uyida Uslubshunos vazifasida, 1996- yildan Farg‘ona shahar 5-sonli uy-joylarga hizmat ko‘rsatish korxonasida avval hisobchi, iqtisodchi, 2003- yildan bosh hisobchi vazifalarida ishlagan. Hozirda, ya’ni 2019- yil noyabr oyidan Prezidentimiz tashabbuslari bilan yangi ochilgan Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatrida Xor artisti vazifasiga o‘tkazilib ishlab kelmoqda. 2019-yilda Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan Buyuk ipak yo‘li “Xalkaro Folklyor musiqa festivalida” Marg‘ilon madaniyat bo‘limi bilan birgaliada qo‘shiq kuylab ishtirok etib, Fahrli i-o‘rinni olishga sazovor bo‘lgan. Muallifligida qator qo‘shiqlar mavjud; “Yor-yor”,“Navro‘z muborak” shular jumlasidandir. Xususiy kinokompaniyaning “Rizq”nomli kinofilmida Maktab direktori rolini ijro etdi. T.To‘laning “Shashmaqom” asari asosida sahnalashtirilgan spektaklda “Ona” rolini, X.Rasulning “Muhabbat sultoni” asari asosida sahnalashtirilgan “Munojot” spektaklida “Enaga “ rolini mahorat bilan ijro etib kelmoqda. 2020-yili dekabr oyida Milliy telekanalining “Iqror” ko‘rsatuvi uchun “Vasiyat”, “Mazardan hazar”telenovellalarda sovchi hamda Qaynona obrazlarini yaratdi.