Ismailov Fazil Maxmudovich

Lavozim: Direktor

Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining direktori, 1956 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Ismoilov Fozil Maxmudovich Ismoilov Fozil Maxmudovich 1956- yil 31 iyulda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 1963- yili Marg‘ilon shahar o‘rta maktabga kirgan va maktabda o‘qib yurgan davrlaridanoq san’atga qiziqib, Marg‘ilon shahar Markaziy madaniyat uyi qoshidagi “Nurxon” nomidagi halq teatriga a’zo bo‘lgan. Bu teatrda qator spektakllarda rol o‘ynab obrazlar yaratadi. O‘rta maktabni tugatgach, 1977- yili Yu.Shakarjonov nomidagi Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrida sahna ishchisi vazifasida o‘z faoliyatini boshlagan va shu yili Toshkent teatr va rassomchilik san’ati institutiga sirtdan o‘qishga kirgan. 1982- yili institutni tamomlagan. Oliy ma’lumotli drama va kino aktyori sifatida teatrda qirqdan ortiq katta-kichik rollarni ijro etgan. 1986 - yil Farg‘ona viloyat qurilish boshqarmasiga qarashli “Cho‘lquvrlar” madaniyat saroyiga direktor lavozimiga tayinlangan. Yosh talabchan rahbar u yerdagi badiiy jamoalarni ishini to‘g‘ri tashkil etib bir qator chet ellar Chexoslovakiya, Bolgariya, Ruminiyada gastrol safarlari uyushtirishga muvofaq bo‘lgan. 1992-1993 yillarda Marg‘ilon shahar xokimining qaroriga asosan Marg‘ilon shahar Madaniyat bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan. Ismoilov Fozil Maxmudovich 2021 yilda Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining direktor o‘rinbosari so‘ngra 2022 yil fevral oyidan buyon direktor lavozimida ish faoliyatini olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining ilk yillarida u san’atimiz darg‘alari Ma’murjon Uzoqov, Jo‘raxon Sultonov, Tamaraxonim va boshqa ustozlarni xotira kechalarini Xuvaydo, Xaziniy kabi adabiyot nomoyondalariga bag‘ishlangan adabiy badiiy kechalarni ssenariylarini yozib o‘zi sahnalashtirgan. Bir necha yillar O‘zbekiston Respublikasi Poytaxti Toshkentda o‘tkazib kelinayotgan “Navro‘z”, “Mustaqillik” bayramlarida rejissyor asisenti sifatida ishtirok etgan. 2019-yil Marg‘ilon shahar Madaniyat bo‘limi mudiri lavozimiga tayinlangan. Hozirda u ijod maskanida ishni to‘g‘ri taqsimlab, bir necha mutaxassis yoshlarni ishga qabul qildi. O‘tgan 2019 - yilda bo‘lib o‘tgan “Buyuk ipak yo‘li” halqaro festivalini yukori saviyada tashkilanishida faol qatnashib uning rahbarligidagi “Chodir jamol” etnografik folklor jamoasi fahrli ikkinchi o‘rin sohibi bo‘lishiga erishdi. Hozirda u Marg‘ilon musiqali maqom teatri rivojiga munosib xissa qo‘shib sahnalashtirilayotgan spektakllarda bir qator obrazlarni yaratib kelmoqda. Ismoilov Fozil Maxmudovich bir necha yillik tajribaga ega. Respublikamiz madaniy hayotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tashkilotchilik boshqaruv salohiyatiga ega mutaxassis hisoblanadi.