Sultonov Botirjon Mamajonovich
Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri vokal -artisti 1978-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek Botirjon Mamajonovich Sultonov 1978 yilda Farg‘ona viloyati Quva tumanining Akbarobod qishlog‘ida tug‘ilgan.Oilali, 2 nafar farzandi bor. Shu yerdagi o‘rta maktabni tamomlab, Farg‘ona san’at bilim yurtining ananaviy ijrochilik yo‘nalishida o‘qidi. 2004 yilda Mannon uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat san’at institutining Musiqali dramatik yo‘nalishdagi aktyorlik san’ati bo‘yicha tahsil oldi. 2009- yilgacha Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq tetrida musiqa rahbari lavozimida ishladi. 2010- yildan boshlab Kuva tumanidagi Pedagogika kollejida musiqa o‘qituvchisi, keyinchalik va hozirga qadar Kuva tumani Akbarobod qishlog‘idagi 37-umumta’lim maktabida musiqa o‘qituvchisi hamda Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatrida vokal artisti lavozimida ishlab kelyapti.Tuman, shahar, viloyat miqyosida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlar va davlat tadbirlarida faol qatnashib kelmoqda.Musiqali maqom teatrida sahnalashtirilayotgan spektakllarda turli obrazlarni yaratib, o‘z ustida ishlab kelmoqda. T.To‘laning “Shashmaqom” spektaklida Tabib, X.Rasulning “Munojot” spektaklida Majnun (dublyor sifatida), bolajonlar uchun “Nasriddinning yangi yil sarguzashtlari” spektaklida esa Nasriddin, Sh.Murodovning “Muhabbat bo‘stoni” spektaklida Shayx San’on obrazi (dublyor),Nurillo Abbosxonning “Navoiy” spektaklida shox Xusayn Boyqaro obrazlarini maromiga yetkazib ijro qildi.