Yusupov Egamberdi Mirzaaliyevich
Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali artist-sozandasi 1976-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek Yusupov Egamberdi Mirzaaliyevich 1992 yili o‘rta maktabni tamomlab, Farg‘ona san’at bilim yurtida tahsil olgan. 1996 yili Toshkent Davlat Konservatoriyasida nay sozi bo‘yicha oliy o‘quv yurtini tamomladi. U ish faoliyatini 1997 yilda Toshkentdagi “Bulbulcha” ansamblida sozanda vazifasida boshlagan. 1998 yili “Yunus Rajabiy” nomidagi maqom konkursida ansamblь sozandasi sifatida qatnashib fahrli 1- o‘rinni egallagan. 1999 yilda Buxoroda o‘tkazilgan “Asrlar navosi” nay, dutor, tanbur, sato musiqa sozlari konkursida fahrli Sh-o‘ringa sazovor bo‘lgan. 1998-2000 yillari Toshkentda Mudofaa vazirligi qoshidagi ansamblda sozanda vazifasida, 2006-yilda Farg‘ona viloyati Toshloq tumani “Rayhon ” xalq ansamblida, 2017-2018 yillari Farg‘ona viloyat Filarmoniyasida, yana shu yili Farg‘ona viloyat Madaniyat boshqarmasiga qarashli maqom ansamblida faoliyat olib borgan. 2020 yil yanvar oyidan buyon Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatriga oliy toifali artist-sozanda lavozimiga ishga qabul qilindi. Yusupov Egamberdi 2018 yili Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan birinchi “Xalqaro maqom” festivalining tantanali ochilishida maqom ansambli bilan, 2019 yili Surxandaryo viloyati, Termiz shahrida o‘tkazilgan 1- “Baxshichilik festivali” da, shu yili Marg‘ilon shahrida o‘tqazilgan “Buyuk ipak yo‘li Xalqaro folklyor musiqa festivali” ochilishi marosimida, Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan “Milliy hunarmandchilik xalqaro festivali” ochilishi tantanalarida maqom ansambli bilan faol ishtirok etgan.