Elmurodzoda Ulug‘bek Axmadjon o‘g‘li

Lavozim: artist-maqomchi

Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining ikkinchi toifali artist-maqomchisi, 1995 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Ulug‘bek Ahmadjon o‘g‘li Elmurodzodaga Ulug‘bek Elmurodzoda 2011 yili Farg‘ona shahridagi Tavakkal Qodirov nomidagi san’at kollejiga an’anaviy xonandalik bo‘limiga tanlov asosida o‘qishga qabul qilindi. 2015 yili O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasida o‘zbek maqom ijrochiligi yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oldi. O‘qish davomida O‘zbekiston Davlat Filarmoniyasi qoshidagi “O‘zbekiston ashula va raqs” ansamblida ish faoliyatini olib borgan. 2019 yili oliy o‘quv yurtini tamomlab, Farg‘ona viloyati Madaniyat boshqarmasi qoshidagi Marg‘ilon shahar namunali maqom ansambliga ishga qabul qilindi. 2019 yili “Sharq taronalari” xalqaro festivalida hamnafas xonandalik yo‘nalishi bo‘yicha qatnashib fahrli Sh- o‘rinni egallangan. 2019 yilda Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan “Hunarmandchilik festivali” davlat tadbirining tantanali ochilish marosimida yakkaxon qo‘shiq ijro etib faol ishtirok etgan. 2020 yilda o‘tkazilgan O‘zbek maqom san’atining 60 yillik Davlat tadbirida Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining jamoasi bilan birgalikda ishtirok etdi. 2021 yil “Ma’murjon Uzoqov” respublika ko‘rik-tanlovi “Gran pri” sohibi. 2020-2021 yillari “8-Mart xalqaro Xotin-qizlar bayrami” Respublika Davlat tadbirlarida yakkaxon qo‘shiq ijro qilib, halqimiz olqishga sazovor bo‘ldi. 2022 yilda Davlatimiz Mustaqiligining 31 yillik bayram tantanalarining faol ishtirokchisi. 2020 yil yanvar oyidan buyon Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrida ikkinchi toifali artist-maqomchi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. Teatrda T.To‘laning “Shashmaqom”, X.Rasulning “Munojot”, Sh.Murodovning “Muhabbat bo‘stoni” va N.Abbosxonning “Navoiy” va musiqali maqom spektakllarini sahnalashtirishda munosib hissa qo‘shib, an’anaviy maqom ijrochiligida yetuk mutaxassis sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2021 yilda M.Tojiboyev, X.Rasulning “Maqomi tanxo” musiqali spektaklida “Domla Xalim Ibodov Buxorolik xofiz” rolini maromiga yetkazib mahorat bilan ijro etdi.