Спектакли
“ISKANDAR” (musiqali maqom spektakli)
О шоу:
Iskandar obrazi haqida ko'plab munozaralar mavjud. Ilm ahli o'rtasida ham Iskandar Zulqarnayn boshqa, Makedonyalik Iskandar boshqa inson degan bahslar bor. Xazrat Alisher Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonida ushbu ikki obrazlar birlashib sharqona ohanglar bilan yo'g'rilib barcha podshohlarga namuna sifatida ifoda etiladi. Ushbu asar hozirgi geosiyosiy hunrezliklar avj olayotgan dunyoda aktualligi bilan diqqatga sazovordir. Iskandar va Shoh Doro qissalari asos qilib olingan ushbu spektakl prologida Xazrat Navoiy beshinchi doston "Saddi Iskandariy" ni yozishga qo'li bormayotganidan, Xamsani yozishga chog'langanidan xijolatlar chekib turganini ko'ramiz. Uning ko'z o'ngida qabristonlarni kezib yuruvchi darvesh va Iskandar namoyon bo‘ladi. Yassaviyning "Oshiq qilg'il" she'riga ishlangan ashula ohangida darvesh va Iskandar o'rtasida Boqiy va foniy dunyo o'rtasidagi inson taqdiri haqida falsafiy suhbat bo'lib o'tadi. Navoiy bundan ilhomlangan holda, Iskandar qissasini so'zlashga azm etib spektakl davomida roviy sifatida ishtirok etadi. Dunyo bilan hayrlashayotgan Faylaqus toj-taxtni o'g'li Iskandarga meros qilib qoldiradi. O'g'ilni podshohlikka xohish istagi bo'lmasada uning atrofidagi olimlar oxir oqibat taxtga o'tirishga majbur qiladilar. Iskandar va Doro o'rtasida murosasiz suhbat bo'lib o'tadi. Qudratli Doro lashkarlari va kichik sonli Iskandar qo'shini o'rtasida ayovsiz jang boshlanadi. Lekin qanchalar kuchli bo'lmasin, ichidan yemirilgan qudratli davlat podshohini sotqinlar o'ldiradilar. Iskandar Doroni yenggach, butun dunyoni egallash jahdiga tushadi. Shimol va G'arb orasida yashovchi aholi iltimosiga binoan Yajuj da'fi uchun mustahkam devor qurdiradi. Qazo soati yetib o'z onasiga qarata aytgan so'zlarida butun insoniyat uchun ibrat bo'ladigan falsafa yotadi. Ushbu spektakl insonlar qanchalik qudratli bo'lmasin, qanchalik boylikka ega bo'lmasin bu dunyodan o'tishi tayinligi, mol-mulk, davlat talashib nizo chiqarish behuda ish ekanligi va bu dunyo hech kimga vafo qilmaganligi haqida.
В ролях:
Navoiy - Botir Sultonov. Iskandar - Javlon Rahmonov. Faylaqus - Rahmonali Umarov. Doro - Nurullo Tursunov. Aflotun - Saidakbar Abdullayev, Sharofiddin Halimov. Suqrot - Xurshid Murodov, Samandar Kimsanov. Balinos - Ibrohim Tursunov, Boburbek Avazbekov. Farfunos - Maxsudxon Yusufxo'jayev. Darvesh - Zuxriddin Mirzayev. Buqrot - Diyorbek Olimjonov. Elchi - Muhammadyusuf Qosimov, Iskandarni onasi - Ma‘mura Saitova, Shalolaxon Rahmonova. Kanizak - Maknuna G‘aniyeva. Ravshanak - Odina Umaraliyeva. 1-vazir - Maxsud Yusufxo'jayev. 2-vazir - Xurshidbek Murodov, Samandar Kimsanov.