Nazarova Shoiraxon A’zamovna
Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali artist-sozandasi, 1985 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Nazarova Shoiraxon A’zamovna 2001 yilda Farg‘ona shahar san’at kollejining “An’anaviy ijrochilik: chang” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilinib, 2004 yilda imtiyozli diplom bilan o‘qishni tamomlagan. U o‘qish davrida 2003 yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Yu.Rajabiy nomidagi “Yosh ijrochilar 7-maqom ko‘rik tanlovida”ishtirok etib, fahrli 1-o‘rinni egallagan. Sh.Nazarova kollejni muvofaqqiyatli tamomlab, 2004 yilda Toshkent davlat konservatoriyasining “Sharq musiqa” fakultetiga “An’anaviy ijrochilik: chang” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga qabul qilindi. U o‘qish davrida “Nafis” san’at liseyida yosh ijrochilar maqom ansambli tashkil etib, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan bir qancha davlat tadbirlarida ishtirok etgan. 2006 yilda Samarqand shahrining 2700 yillik yubileyi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan “Sharq taronalari” Xalqaro festivalining ochilish marosimida faol ishtirok etgan. Shu yili Yu.Rajabiy nomli maqom ansambliga ishga qabul qilingan. 2008 yilda Turkmaniston va O‘zbekiston Prezidentlari uchrashuvi munosabati bilan Turkiston konsert zalida bo‘lib o‘tgan tadbirda faol ishtirok etgan. Sh.Nazarova 2009 yilda Namangan san’at kollejida o‘qituvchi, 2012 yilda Marg‘ilon pedagogika kollejida o‘qituvchi lavozimlarida ish faoliyati olib borgan. 2018 yilda esa Farg‘ona viloyat madaniyat boshqarmasi qoshidagi namunali maqom ansablida sozanda sifatida ish faoliyatini olib borgan. U ish faoliyati davrida 2018 yilda Shaxrisabz shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Maqom San’ati anjumanida, 2019 yilda Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan Buyuk ipak yo‘li “Xalkaro folklyor musiqa festivali”da maqom ansambli bilan asosiy sahnalarda faol ishtirok etgan. 2020 yil yanvar oyidan buyon Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrida oliy toifali artist-sozanda vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. Teatrda T.To‘laning “Shashmaqom”, X.Rasulning “Munojot”, Sh.Murodovning “Muhabbat bo‘stoni” va N.Abbosxonning “Navoiy” musiqali maqom spektakllarini sahnalashtirishda munosib hissa qo‘shib, an’anaviy maqom ijrochiligida yetuk mutaxassis sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Nazarova Shoiraxon 3 nafar farzandning mehribon onasi, malakali ustoz, mohir sozanda va xonanda sifatida Respublikada ko‘zga ko‘ringan.