Egamberdiyev Xujamberdi Muxtorovich
Egamberdiyev Xujamberdi Muxtorovich 1988-yil 30-oktyabrda Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlab, 2005 yil Farg‘ona viloyati San’at kollejining “Qo‘g‘irchoq teatr aktyorligi” yo‘nalishiga o‘qishga kirib, 2008-yil tamomladi. 2018-yilda O‘zbekiston san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialiga grant asosida talabalikka qabul qilindi. 2022-yilda institutning “Musiqali teatr rejissyorligi” yo‘nalishini imtiyozli tamomlab, shu institutning magistratura bosqichiga qabul qilindi. 2025-yilda magistrlik darajasini olib, “Teatr san’ati” kafedrasi o‘qituvchisi sifatida ishga qabul qilindi. Egamberdiyev Xujamberdi o‘z ish faoliyatini 2020-2021 yillarda "Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri" davlat muassasasida qo‘g‘irchoq teatr aktyori lavozimida boshladi. 2023-2025 yilda Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatrida sahnalashtirivchi rejissyor, 2025 yil mart oyidan bosh rejissyor lavozimida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. U o‘zbek teatr va kino, televideniya san’atini rivojlanishida, mavqeyini oshirishda, ma’naviy merosimizni targ‘ib qilishda va uni jahonda tanilishida munosib hissasini qo‘shib kelayotgan mohir rejissor. Respublikamizning “Navro‘z”, “Mustaqillik”, “Respublika ma’naviyat karvoni”, turli sport tadbirlari va boshqa ko‘plab davlat tadbirlarida rejissyor sifatida ishtirok etib kelmoqda. Egamberdiyev Xujamberdi 2020-yil Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida “Supper quyon”, 2021-yil Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida “Quriyotgan daraxt”, 2021-yil Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida “To‘ylar muborak”, 2021-yil Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida “Armonsiz o‘tgan umr”, 2022-yil Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida “Alibobo va qirq qaroqchinig yangi yil sarguzashtlari”, 2022-yil Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida “Mehmonxonada”, 2022-yil Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida “95-kun”, 2019-yil Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatrida “Tomoshalar mamlakatida yangi yil”, 2022-yil Farg‘ona viloyat musiqali drama teatrida “Vaqt saoati”, 2023-yil Farg‘ona viloyat musiqali drama teatrida “Mehr muhabbat sehirli kuch yoxud qor malikasi qissasi”, 2024-yil Farg‘ona viloyat musiqali drama teatrida “Alimentchi chol”, 2024-yil Farg‘ona viloyat musiqali drama teatri “Sehrli hassa yoxud yangi yil sarguzashtlari”, 2019-yil Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrida “Muhabbat bo‘stoni”, 2023-yil “Umidim bor”, 2025-yil “Ikki qalb nolasi” kabi spektakllarni sahlashtirgan etuk rejissyor. O‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi, Yosh rejissyorlarning “Debyut-2020” VI Respublika ko‘rik-festevalida Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining “Muhabbat bo‘stoni” musiqali maqom spektakili uchun I-darajali diplom bilan taqdirlangan. Qirg‘iz Respublikasi Bishkek shahrida o‘tkazilgan “Art-Ordo-2025” xalqaro teatr festivalida Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining “Ikki qalb nolasi” spektakli bilan qatnasib, “Eng yahshi musiqali spektakl” nomimasiyasi bilan taqdirlandi. X.Egamberdiyev ibratli oila boshlig‘i. Ikki farzandning otasi. Teatrimiz jamoasi Egamberdiyev Xujamberdi Muxtorovichning kelajakda ham yurtimizga sodiq xizmat qilib, uning rivojiga o‘z hissasini qo‘shadigan, yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga ishonch bildiradi.