Performances
Shashmaqom
About the show:
https://youtu.be/Q6HgdNX45Vo?si=KJF0YjgtaShashmaqom spektaklida mumtoz maqomlar haqida so‘z borarkan, shuurimizda, tabiiyki, bu bebaho qadriyatning bizgacha yetib kelishida yaqin ӯtmishdagi murakkab shart-sharoitlarda ma’naviy jasorat va jonbozlik ko‘rsatgan ustoz san’atkorlarning siymosi gavdalanadi. Spektaklni asosiy qaxramoni xalqimizning ardoqli farzandi, Rajabiylar sulolasining yirik namoyandasi, atoqli bastakor, xonanda va sozanda, Ӯzbekiston xalq artisti, akademik Yunus Rajabiy siymosi alohida ehtirom tuyg‘ularini uygotadi. Zero, ulug‘ ustoz hayoti va ijodiy faoliyatida bugungi avlodlar uchun kӯp va xӯp ibratli namunalar bor. Alohida iste’dod sohibi bӯlgan Yunus Rajabiyning shogirdlik maqomidagi intilishlari kӯrsatib berilgan.
Shashmaqom Sharq mamlakatlari, jumladan o‘zbek xalqining musiqa san’atining buyuk va betakror mulkidir. U bir necha ming yillar davomida rivojlanib, xalqimizning ezgu niyatlarini ifoda qilib kelmoqda. Spektaklda musiqiy merosimizning kasbiy qatlami bo‘lmish «Shashamaqom» va Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llaridan unumli foydalanganligi bilan e’tiborga loyiqdir.
Layli va majnun – bir biriga iloxiy ishq yo‘lida intilgan ikki qalb egasidir.
Qalbi va vujudida shoirona xislatlarga ega bo‘lgan ikki yosh shu ilohiy ishq yo‘lida turli qiyinchiliklarni katta bardosh bilan yengib o‘tadilar.
O‘tgan asrda Layli va Majunning ilohiy sevgisiga shaxs sevgisi sifatida qaralgan, lekin bu noto‘g‘ri talqin va tushuncha hisoblanadi.
Olloh tomonidan yuborilgan ilohiy ishq yo‘lida bir biriga talpingan ikki qalb egasini oddiy odam aqldan ozish deb hisoblaydi, chunki ilohiy ishqni faqat Olloh nazari tushgan insonlargina his etishi mumkin.
Layli va Majnunning ilohiy ishqi bu so‘nmas olov bo‘lib, ishq yo‘lidagi sinovlvrda chaqnagan o‘t kabi shu olov o‘z maqsadiga olib boradi.MKEtNN6
Cast:
Shashmaqom spektaklida mumtoz maqomlar haqida so‘z borarkan, shuurimizda, tabiiyki, bu bebaho qadriyatning bizgacha yetib kelishida yaqin ӯtmishdagi murakkab shart-sharoitlarda ma’naviy jasorat va jonbozlik ko‘rsatgan ustoz san’atkorlarning siymosi gavdalanadi. Spektaklni asosiy qaxramoni xalqimizning ardoqli farzandi, Rajabiylar sulolasining yirik namoyandasi, atoqli bastakor, xonanda va sozanda, Ӯzbekiston xalq artisti, akademik Yunus Rajabiy siymosi alohida ehtirom tuyg‘ularini uygotadi. Zero, ulug‘ ustoz hayoti va ijodiy faoliyatida bugungi avlodlar uchun kӯp va xӯp ibratli namunalar bor. Alohida iste’dod sohibi bӯlgan Yunus Rajabiyning shogirdlik maqomidagi intilishlari kӯrsatib berilgan.
Shashmaqom Sharq mamlakatlari, jumladan o‘zbek xalqining musiqa san’atining buyuk va betakror mulkidir. U bir necha ming yillar davomida rivojlanib, xalqimizning ezgu niyatlarini ifoda qilib kelmoqda. Spektaklda musiqiy merosimizning kasbiy qatlami bo‘lmish «Shashamaqom» va Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llaridan unumli foydalanganligi bilan e’tiborga loyiqdir.
Layli va majnun – bir biriga iloxiy ishq yo‘lida intilgan ikki qalb egasidir.
Qalbi va vujudida shoirona xislatlarga ega bo‘lgan ikki yosh shu ilohiy ishq yo‘lida turli qiyinchiliklarni katta bardosh bilan yengib o‘tadilar.
O‘tgan asrda Layli va Majunning ilohiy sevgisiga shaxs sevgisi sifatida qaralgan, lekin bu noto‘g‘ri talqin va tushuncha hisoblanadi.
Olloh tomonidan yuborilgan ilohiy ishq yo‘lida bir biriga talpingan ikki qalb egasini oddiy odam aqldan ozish deb hisoblaydi, chunki ilohiy ishqni faqat Olloh nazari tushgan insonlargina his etishi mumkin.
Layli va Majnunning ilohiy ishqi bu so‘nmas olov bo‘lib, ishq yo‘lidagi sinovlvrda chaqnagan o‘t kabi shu olov o‘z maqsadiga olib boradi.