Performances
“Buzruk”ning buzrukligi”
About the show:
Mazkur asar musiqali maqom adabiy kompozit- siyasi janrida yozilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazar- bekov repertuaridagi qo‘shiqlardan foydalanil- gan. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Аbduhoshim Xoshimov maqom yo‘nalishiga o‘girgan. Asarni tayyorlashda har bir sahna ko‘rinishiga unda foydalanilgan qo‘shiqlar maz- muniga mos keluvchi voqealar singdirib yuborilgan. Bu sahna ko‘rinishlariga taniqli yozuvchimiz Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi ayrim syujetlar asos qilib olingan. Jumladan, romandagi Usta Olim obrazi asarning bosh qah- ramoni sifatida tanlangan va barcha epizodlar uning sevgi qissasi asosiga qurilgan. Asar voqe- alaridagi dramatizmni yanada kuchaytirish, asar qahramonlari orasidagi o‘zaro konfliktlar hamda qahramonlarning ichki konfliktlari (zid- diyatli ruhiy kechinmalari)ni yanada keskinlash- tirish maqsadida unga shoh obrazi ham olib ki- rilgan. Ma’lumki, konflikt har qanday dramatik asarning asosini tashkil etib, uning syujetini harakatga keltiruvchi hamda unga alohida kuch beruvchi qudratli vositadir. Konflikt asar g‘oya- sini, muallifning ijodiy niyatlarini, personajlar- ning o‘zaro aloqalari va ular o‘rtasida yuz ber- gan kurashni ifoda etadi. Mazkur asardagi aso- siy ziddiyatlar bosh qahramon Usta Olim, uning suyuklisi saodat va shoh obrazlari uchligida namoyon bo‘ladi va dramaturgik konfliktli vazi- yat tomoshabinlarga voqeylikdagi ziddiyatlarning badiiy ifodasi sifatida taqdim etiladi.
Cast:
Mazkur asar musiqali maqom adabiy kompozit-
siyasi janrida yozilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston
va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, O‘zbekiston
Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazar-
bekov repertuaridagi qo‘shiqlardan foydalanil-
gan. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti
Аbduhoshim Xoshimov maqom yo‘nalishiga
o‘girgan. Asarni tayyorlashda har bir sahna
ko‘rinishiga unda foydalanilgan qo‘shiqlar maz-
muniga mos keluvchi voqealar singdirib yuborilgan.
Bu sahna ko‘rinishlariga taniqli yozuvchimiz
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi
ayrim syujetlar asos qilib olingan. Jumladan,
romandagi Usta Olim obrazi asarning bosh qah-
ramoni sifatida tanlangan va barcha epizodlar
uning sevgi qissasi asosiga qurilgan. Asar voqe-
alaridagi dramatizmni yanada kuchaytirish,
asar qahramonlari orasidagi o‘zaro konfliktlar
hamda qahramonlarning ichki konfliktlari (zid-
diyatli ruhiy kechinmalari)ni yanada keskinlash-
tirish maqsadida unga shoh obrazi ham olib ki-
rilgan. Ma’lumki, konflikt har qanday dramatik
asarning asosini tashkil etib, uning syujetini
harakatga keltiruvchi hamda unga alohida kuch
beruvchi qudratli vositadir. Konflikt asar g‘oya-
sini, muallifning ijodiy niyatlarini, personajlar-
ning o‘zaro aloqalari va ular o‘rtasida yuz ber-
gan kurashni ifoda etadi. Mazkur asardagi aso-
siy ziddiyatlar bosh qahramon Usta Olim, uning
suyuklisi saodat va shoh obrazlari uchligida
namoyon bo‘ladi va dramaturgik konfliktli vazi-
yat tomoshabinlarga voqeylikdagi ziddiyatlarning
badiiy ifodasi sifatida taqdim etiladi.