2024-yil 6-iyun kuni Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatrining II chorak rejasiga asosan Ma’murjon Umarov asari Akramova Nodira rejisyorligida "Oynisa" musiqali komediya spektakli jamoat ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.
Spektakl taqdimotida Madaniyat vazirligi Badiiy kengash a'zolari Repertuar bo‘limi boshlig‘I T.Fayzullayeva, S.Dadamirzayeva, Teatr arboblari uyushmasi bo‘lim boshlig‘i, teatrshunos T.Do‘stmuhammedov, va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Yangi asar mutaxassislar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar,taklif va tavsiyalardan so‘ng bir ovozdan qabul qlinib, premyeraga ruhsat etildi.
Voqealar shu kunlarda sodir bo‘ladi. Sun’iy intellekt muammosi va uning oqibatlari haqidagi mulohazalar. Ma’rifatli va irodali xalq o‘z taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan kamchiliklar ustidan kula oladi va ular bilan kulib xayrlashadi.