Farg‘ona shahar Tibbiyot birlashmasi, Farg‘ona shahar Bolalar shifoxonasi, Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri hamda viloyat qo‘g‘irchoq teatri bilan hamkorlikda Farg‘ona shahar Bolalar shifoxonasida 1-iyun xalqaro "Bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan madaniy konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.