Marg‘ilon musiqali maqom teatri festivalda 2-o‘rinni egallab, 3 500$ mukofot va esdalik sovg‘alar bilan e’tirof etildi.
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 10–12 may kunlari Tojikistonning go‘zal Xo‘jand shahrida o‘tkazilgan Xalqaro "Ushshoqi Rahmoni"shashmaqom festivali yurtimiz maqom san’ati uchun yana bir muhim yutuq sahifasini ochdi.
🎉Mazkur nufuzli festivalda Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri ijodiy jamoasi ham ishtirok etdi.
💫12-may kuni tarixiy Xo‘jand qal’asi hududida festivalning yakuniy sarhisobi, g‘oliblarni taqdirlash marosimi va katta gala-konsert bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda tomoshabinlar hamda hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholangan Marg‘ilon musiqali maqom teatri festivalda2-o‘rinni egallab, 3 500$ mukofot va esdalik sovg‘alar bilan e’tirof etildi.