Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro "Ushshoqi Rahmoni" shashmaqom festivali doirasida yana bir muhim tashabbusga imzo chekildi.
Kamol Xo‘jandiy nomidagi Xo‘jand Musiqali drama teatri hamda Nuri Xo‘jand maqom ansambli va 🇺🇿Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri o‘rtasida xalqaro memorandum imzolandi.
🤝Ushbu hujjat ikki mamlakat teatr jamoalari o‘rtasida:
• madaniy hamkorlikni mustahkamlash,
• tajriba almashish,
• o‘zaro gastrol safarlari va ijodiy loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
💫Mazkur memorandum nafaqat maqom san’atini rivojlantirish, balki O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga zamin yaratadi.