Ma’lumot uchun:
“Ikki qalb nolasi” spektakli Farididdin Attorning tasavvuf yo‘nalishidagi “Ilohiynoma” asaridan “Robiya va Bektosh qissasi” parchasi asosida sahnalashtirilgan. Rejissyor teatr imkoniyatlarini hisobga olib eng zarur epizodlarni tanlagan va ular orqali asarning umumiy g‘oyaviy mazmunini teran ochib bergan. Har bir sahna puxta o‘ylab sahnalashtirilgan va rejissyor har bir obraz ustida aktyorlar bilan alohida ishlagan.
✨ Madaniyat vazirligi jamoasi g’oliblarni kelgusi ijodiy ishlariga ulkan zafar va muvaffaqiyat tilaydi!