“Choyxona hangomalari” komediya spektakli Madaniyat vazirligi huzuridagi badiiy-ekspert mutaxassislari ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.
“Choyxona hangomalari” komediya spektakli Madaniyat vazirligi huzuridagi badiiy-ekspert mutaxassislari ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.
Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatrida yosh rejissyor Ibrohim Tursunov tomonidan sahnalashtirilgan “Choyxona hangomalari” hajviy spektaklining Madaniyat vazirligi huzuridagi Ixtisoslashgan badiiy-ekspert guruhi hamda soha mutaxassislari ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.
🎭Taqdimotda vazirlik badiiy-ekspert guruhi a’zolari O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi raisi Eratov Usmon Babanazarovich, O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi bo‘lim boshlig‘i, teatrshunos Toxir Do‘stmuxamedov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Respublika askiya va qiziqchilik sanʼati markazi direktor o‘rinbosari Hotamjon Hakimjonov ishtirok etdi.
✅Asarni hay’at a’zolari yuqori baholadi va har bir aktyor yahshi tanlangani, o‘z rolini mahorat bilan ijro etgani, kastyum va dekoratsiyalar yaxshi o‘ylangani haqida alohida ta’kidlab, ushbu spektaklni bir ovozdan qabul etib, premyeraga ruxsat berishdi.