Qirg‘izistonning Bishkek shahrida 20-25 oktyabr kunlari o‘tkazilgan ART-ORDO xalqaro teatr festivalida Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri ijodiy jamoasi teatr bosh rejissyori X.Egamberdiyev tomonidan sahnalashtirilgan "Ikki qalb nolasi" spektakli bilan ishtirok etdi. Mazkur festivalda, Musiqali maqom teatri jamoasi "Eng yaxshi musiqali spektakl" nominatsiyasi bilan taqdirlandi.