O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikalari o‘rtasidagi madaniy aloqalar yanada mustahkamlanmoqda
O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikalari o‘rtasidagi madaniy aloqalar yanada mustahkamlanmoqda
O‘zbek Milliy maqom sanʼati markazi huzuridagi Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri ijodkorlari, 18-iyun kuni Qirg‘iz Respublikasi Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik musiqali teatrida ijodiy safarda bo‘ldi.
Teatr ijodkorlari tomonidan Nurullo Mirzarahimovning, Xo‘jamberdi Egamberdiyev rejissyorligida sahnalashtirilgan “TANOVOR OHANGLARI” kompozitsiyasi namoyish etildi.
Ushbu kechada o‘zbek maqom san’ati, an’anaviy qo‘shiq va raqslar, shuningdek, milliy urf-odatlarimiz bilan sug‘orilgan hunarmandlar shahri — Marg‘ilonning boy madaniy merosi namoyon etildi.
Namoyishda ishtirok etgan O‘shlik qardoshlarimiz quvonch va mamnuniyat bilan bugungi tinchlik osoyishtalik kunimizga shukrlar keltirib tomosha qilib,madaniy hordiq chiqardilar.