Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatrini joriy yildagi II-chorak repertuar rejasidan davlat buyurtmasi asosida, Obidjon Abdullayev rejissyorligida sahnalashtirilgan Shuxrat Rizayevning "ISKANDAR" musiqali maqom spektaklini Madaniyat vazirligi huzuridagi ixtisoslashgan badiiy-ekspert guruhi hamda soha mutaxassislari ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.
✅Asarni hayʼat a’zolari juda yuqori baholashdi va har bir epizod juda puxta o‘ylangani, har bir aktyor, honanda, sozanda, raqqosalar o‘z vazifasini mahorat bilan bajarganliklari, ularning o‘zaro hamjihatligi spektaklni muvaffaqiyatini ta’minlaganini ta’kidlab, ushbu spektaklni bir ovozdan qabul etib, premyeraga ruxsat berishdi.