Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri tomonidan "Buzrukning buzrukligi" maqom kompozitsiyasini namoyish etildi
Toshkent shahar Yunusobod tumani "Nuroniylar sanatoriyasi" da bugun 15-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-sonli qarori ijrosi ta'minlash maqsadida, Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri tomonidan "Buzrukning buzrukligi" maqom kompozitsiyasini namoyish etildi
Maqom teatri tomonidan kuylangan-kuy qo‘shiqlar, konsert dasturida ishtirok etgan Yunusobod tumani hokimligi, Yunusobod tumani Madaniyat bo‘limi, tumanning faol faxriylari hamda "Nuroniylar sanatoriyasi"da davolanayotgan otaxon va onaxonlarga, qolaversa "Vatandoshlar jamoat fondi" tashabbusi bilan tadbirga tashrif buyurgan Qirg‘iziston, Qozoqiston, Tojikiston, Germaniya, Rossiya hamda Amerikalik tomoshabinlarga quvonch baxsh etdi.