Abduazimov Azizjon Xasanboy o‘g‘li
Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining birinchi toifali artist maqomchisi, 1991 yilda tug‘ilgan, millati tojik Abduazimov Azizbek Hasanboy o‘g‘li Farg‘ona san’at kollejini tamomlagach, Toshkent Davlat konservatoriyasining “An’anaviy xonandalik” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga qabul qilindi. Oliy ta’lim muassasasini a’lo baxolarga tamomlab, 2014 yilda Quva shahar musiqa maktabida yosh avlodga san’at sirlarini o‘rgatib kelish bilan mehnat faoliyatini boshlagan. 2016 yili Farg‘ona viloyati madaniyat boshqarmasi qoshidagi namunali maqom ansablida ish faoliyatini davom ettirgan. U ish faoliyati davrida 2018 yilda Shaxrisabz shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Maqom San’ati anjumanida, 2019 yilda Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan Buyuk ipak yo‘li “Xalkaro folklyor musiqa festivali”da maqom ansambli bilan asosiy sahnalarda faol ishtirok etgan. 2019 yili “Sharq taronalari” xalqaro festivalida hamnafas xonandalik yo‘nalishi bo‘yicha qatnashib fahrli Sh- o‘rinni egallangan. 2019 yilda Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan “Hunarmandchilik festivali” davlat tadbirining tantanali ochilish marosimida yakkaxon qo‘shiq ijro etib faol ishtirok etgan. 2020 yilda o‘tkazilgan O‘zbek maqom san’atining 60 yillik Davlat tadbirida Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining jamoasi bilan birgalikda ishtirok etdi. 2020-yil “8-Mart xalqaro Xotin-qizlar bayrami” Respublika Davlat tadbirida yakkaxon qo‘shiq ijro qilib, el-xurmat olqishga sazovor bo‘ldi. 2021 yil “Ma’murjon Uzoqov” respublika ko‘rik-tanlovi “Gran pri” sohibi. 2022 yilda Davlatimiz Mustaqiligining 31 yillik bayram tantanalarining faol ishtirokchisi. 2020 yil yanvar oyidan buyon Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrida oliy toifali artist-maqomchi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. Teatrda T.To‘laning “Shashmaqom”, X.Rasulning “Munojot”, Sh.Murodovning “Muhabbat bo‘stoni” va N.Abbosxonning “Navoiy” va musiqali maqom spektakllarini sahnalashtirishda munosib hissa qo‘shib, an’anaviy maqom ijrochiligida yetuk mutaxassis sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2021 yilda M.Tojiboyev, X.Rasulning “Maqomi tanxo” musiqali spektaklida “Xudoyberdi” rolini maromiga yetkazib mahorat bilan ijro etdi. Abduazimov Azizbek mohir sozanda va xonanda sifatida Respublikada ko‘zga ko‘ringan.