Kasimov Orif Saitmuratovich

Lavozim: badiiy sahnalashtirish bo‘limi mudiri,

Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining badiiy sahnalashtirish bo‘limi mudiri, 1971-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek Kasimov Orif Saitmuratovich o‘rta maktabni va Toshloq tumanidagi musiqa maktabini rubob mutahassisligi bo‘yicha tamomlab, 1988 yilda Marg‘ilon shahar Plan-iqtisod texnikumiga o‘qishga kirgan. 1989-1991 yillari xarbiy hizmatda bo‘lgan. 1992-2004-yilgacha turli lavozimlarda ishlagan. Jumladan Toshloq rayon hokimi huzuridagi taraqqiyot istiqbolini belgilash bo‘limi iqtisodchisi, Rayon iqtisodiyotni muvofiqlashtirish va statistika bo‘limida toifasiz mutaxassis, Marg‘ilon “Atlas” birlashmasi mol ortish bo‘limi katta tovarshunosi, shu birlashma savdo bo‘limi ombor mudiri, mol ortish bo‘limi mudiri, mol ortish bo‘limi boshlig‘i, Marketing va buyurtmalar markazi boshlig‘i, Mahsus do‘kon mudiri, Marg‘ilon ipak gazlamasi aksiyadorlik jamiyati maxsus do‘kon mudiri lavozimlaridir. 2018-yili Farg‘ona viloyat Madaniyat boshqarmasi qoshidagi namunali maqom ansambli bosh ma’muri sifatida ish boshlab, ansamblning tashkil topishida, hisob-kitob raqamlarini ochishda, xodimlarni ishga qabul qilishda va shu ansamblni rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. 2018-yil sentyabr oyida Shahrisabzda o‘tkazilgan “Maqom festivali”da va 2019-yilda Marg‘ilonda o‘tkazilgan Xalqaro Folklyor musiqa festivali va Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan Xalqaro hunarmandlar festivalida namunali hizmat qilgan. 2020 yil yanvar oyidan boshlab, Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrida badiiy sahnalashtirish bo‘limi mudiri sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. Shu yili teatr ijodiy jamoasining rejadagi “Shashmaqom”, “Munojot”, “Muhabbat bo‘stoni” spektakllarini yaratilishida alohida yuksak ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan xodim sifatida hizmat qilib kelmoqda.