Mirzaraximov Nurulloxon Muxammadjonovich
Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining musiqa bo‘limi mudiri, 1989 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek Mirzaraximov Nurulloxon Muxammadjonovich Farg‘ona san’at kollejini tamomlagach, Toshkent Davlat konservatoriyasining “An’anaviy xonandalik” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga qabul qilindi. Oliy ta’lim muassasasini a’lo baxolarga tamomlab, 2012 yilda Marg‘ilon pedagogika kollejiga musiqa ta’limidan yosh avlodga san’at sirlarini o‘rgatib kelish bilan mehnat faoliyatini boshlagan. 2017 yili Farg‘ona viloyati madaniyat boshqarmasi qoshidagi namunali maqom ansamblida ish faoliyatini davom ettirgan. U ish faoliyati davrida 2018 yilda Shaxrisabz shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Maqom San’ati anjumanida,2019 yilda Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan Buyuk ipak yo‘li “Xalkaro folklyor musiqa festivali”da maqom ansambli bilan asosiy sahnalarda faol ishtirok etgan. 2019-yili Surxandaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkazilgan 1-“Baxshichilik festivali”da, 2019 yili “Sharq taronalari” xalqaro festivalida hamnafas xonandalik yo‘nalishi bo‘yicha qatnashib fahrli III-o‘rinni egallangan. 2019 yilda Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan “Hunarmandchilik festivali” davlat tadbirining tantanali ochilish marosimida maqom ansambli bilan faol ishtirok etgan. 2020 yilda o‘tkazilgan O‘zbek maqom san’atining 60 yillik Davlat tadbirida Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining jamoasi bilan birgalikda ishtirok etdi. 2020 yil yanvar oyidan buyon Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrida ikkinchi toifali artist-maqomchi so‘ngra musiqa bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Teatrda T.To‘laning “Shashmaqom”, X.Rasulning “Munojot”, Sh.Murodovning “Muhabbat bo‘stoni” va N.Abbosxonning “Navoiy” va musiqali maqom spektakllarini sahnalashtirishda munosib hissa qo‘shib, an’anaviy maqom ijrochiligida yetuk mutaxassis sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2021 yilda M.Tojiboev, X.Rasulning “Maqomi tanxo” musiqali spektaklida “Xoji Abdulaziz” obrazini maromiga etkazib mahorat bilan ijro etdi. Respublika, Viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan Navro‘z, Mustaqillik bayramlari, Xalqaro festivallarda maqom ansambli bilan faol qatnashib kelmokda. N.Mirzaraximov faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan salohiyatli, malakali artist-maqomchi mutaxassisi sifatida Respublikada ko‘zga ko‘rindi.