Xakimov Doniyorjon Tursunboyevich
Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali artist-maqomchi1985 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek Xakimov Doniyor Tursunboyevich o‘rta maktabni tamomlab, 2002 yili Farg‘ona san’at kollejida o‘zbek xalk cholg‘u asboblari bo‘limida tahsil oldi. 2003 yili “Yunus Rajabiy” maqom konkursida ansambl bilan fahrli 1-o‘rinni va Respublika yoshlar 17- maqom konkursida ansamblь bilan munosib 1- o‘rinni egalladi. 2004-yili davlat granti asosida O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasiga o‘qishga qabul qilindi. O‘qish davrida Samarqandda o‘tkazilgan “Sharq taronalari” va Samarqandning 2700 yilligi tantanalarida faol ishtorok etgan. 2006 yili radio fondiga juda ko‘p maqom kuylari va qo‘shiqlarini tanbur sozida chalib bergan. 2009 yilda oliy o‘quv yurtini tamomlab, Namangan viloyati san’at kollejida katta o‘qituvchi, 2012-yili Marg‘ilon pyedagogika kollejida katta o‘qituvchi lavozimlarida. Ish faoliyati davomida shogirdlari 2013-yili Toshkentda o‘tkazilgan “Yosh ijrochi” ko‘rik-tanlovida fahrli P-o‘rinni egalladi.2018-yili Farg‘ona viloyat Madaniyat boshqarmasi qoshidagi namunali maqom ansambliga sozanda sifatida ishga kabul kilindi.2019-yili Surxandaryo viloyatida o‘tkazilgan baxshichilik festivalida,o‘sha yili Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan Buyuk ipak yo‘li “Xalkaro folklyor musiqa festivali” ning ochilish marosimida maqom ansambli bilan faol ishtirok etdi. 2020 yil yanvar oyidan buyon Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrida oliy toifali artist-sozanda vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.Teatrning ilk spektakli T.To‘laning “Shashmaqom” spektakli, X.Rasulning “Munojot” spektakli va Sh.Murodovning “Muhabbat bo‘stoni” spektakllarida sozanda sifatida ishtirok etdi. Hakimov Doniyor namunali oila boshlig‘i, mehribon ustoz sifatida hurmat va e’tibor kozongan.