Muxtorova Nasiba Murodil qizi

Lavozim: ikkinchi toifali balet-artisti

Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri balet-artisti 2002-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek Nasibaxon Muxtorova 2002-yili Farg‘ona viloyatining ------ shahrida tug‘ilgan.O‘rta maktabni tamomlab, 2016-19 –yillarda Farg‘onadagi Tavakkal Qodirov nomidagi san’at kollejining Xoreografiya bo‘limida tahsil olgan.O‘qish davrida turli konsert, tadbirlarda qatnashgan.2018-yili Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Umumxalq Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda jamoaviy raqslari bilan ishtiroq etgan.Xuddi shu yili Qashqadaryo viloyatining Shaxrisabz shahrida bo‘lib o‘tgan “Maqom festivali” da o‘z raqslari bilan ishtirok etgan.2019-yili Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tgan “Xalqaro folklyor musiqa festivali” da jamoaviy raqslar bilan qatnashgan.Shu yili yana Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Mukarrama Turg‘unboyeva” raqs ko‘rik-tanlovida qatnashib, fahrli o‘rinni egalladi.Qaddi qomati kelishgan bu raqqosa qizimizdan teatr jamoasining umidlari katta.