Umarov Raxmonali Qirg‘izovich
Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri vokal - artisti 1965-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek Rahmonali Qirg‘izovich Umarov 1965- yilda Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida tug‘ilgan.Oilali, 4 nafar farzandi bor.1990- yilda Namangan madaniy oqartuv texnikumini Madaniy oqartuv ishi tashkilotchisi yo‘nalishi bo‘yicha tamomladi.Ish faoliyatini 1991-yili Marg‘ilon shahar madaniyat bo‘limiga qarashli 1-madaniyat uyi nazoratchisiligidan boshlagan.1996-yildan madaniyat sohasida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.Masalan:Marg‘ilon shahar “Nurxon” xalq teatrida badiiy rahbar va rejissyor, Marg‘ilon shahar Markaziy madaniyat uyi rassom - bezatuvchisi,Sholdirama madaniyat va aholi dam olish markazi to‘garak rahbari va keyinchalik direktori, Yozyovon tumani Madaniyat bo‘limi mudiri, Markaz madaniyat va aholi dam olish markazi direktori lavozimlarida ishlab kelgan. 2020-yildan boshlab Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatrida drama artisti lavozimida ishlamoqda. Bu qisqa vaqt mobaynida N.Abbosxonning “Navoiy” spektaklida ustoz A.Jomiy , M. Dehlaviy obrazlarini yaratdi.Milliy telekanal bilan hamkorlikda “Iqror” ko‘rsatuviga suratga olingan “Vasiyat” telenovellasida tez yordam shifokori rolini mahorat bilan ijro etdilar. Rahmonali Qirg‘izovich Umarovdan katta – katta yangi obrazlar kutib qolamiz.