Rahmonov Javlonbek Alijon o‘g‘li

Lavozim: vokal- artisti

Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri vokal- artisti 1996-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek Javlonbek Raxmonov 1996-yili Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida tug‘ilgan.2012-yili o‘rta maktabni va Toshloq tumanidagi 22- musiqa maktabining an’anaviy xonandalik sinfini tamomlagan .Xuddi shu yili Farg‘ona shahar San’at kollejiga Musiqali drama aktyorligi yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirgan.2015-yili Toshloq tumani Madaniyat va aholi dam olish markaziga aktyorlik mahorati bo‘yicha to‘garak rahbari sifatida ishga kirgan.2018-yili O‘zbekiston Davlat San’at va madaniyat instituti Musiqali drama teatri aktyorligi bo‘yicha o‘qishga kirib, hozirda Sh –kurs talabasi,2019-yilda Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan “Xalqaro xunarmandchilik festivali” da o‘z san’ati bilan faol ishtirok etgan.Hozirgi kunda musiqali maqom teatrida vokal artisti vazifasida faoliyat olib bormoqda.O‘z faoliyati davomida ushbu teatrda bir qator rollarni ijro etdi.Jumladan ; San’at kollejini tamomlashda diplom spektaklida “Toshbolta oshiq”musiqali komediyasida Teshavoy obrazini shakllantirgan, O‘zbekiston Davlat san’at institutida O‘zbekiston Respublikasida hizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Karim Yo‘ldoshev sahnalashtirgan “Arshin mololon” spektaklida Sulaymon obrazini, “Muhabbat bo‘stoni” spektaklida Murid obrazini yaratdi va Xudxud obraziga dublyor sifatida olindi.Hozirgi kunda T.To‘laning “Shashmaqom” asari asosidagi spektaklida Soqchi, kuyov rollarini ijro etmoqda.