Isroilov Azizbek Tojimamat o‘g‘li
Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy tofiali vokal artisti, 1990 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Isroilov Azizbek Tojimamat o‘g‘li o‘rta makatabni tugatgach, 2006 yilda Farg‘ona shahar san’at kollejida o‘qishni davom ettirgan. U o‘qish davrida malakali mutaxassis ustozlardan aktyorlik mahorati maktabini o‘rgandi. O‘qish davomida o‘zbek va jaxon yozuvchilari tomonidan yozilgan asarlarda bosh rollarni ijro etdi. Diplom spektakli sifatida olingan O.Xakimovning “Jonimning malxami” yoxud “Qo‘sh kabutarlar” asaridagi Melivoy bosh qahramon rolini ijro etdi. 2009 yili kollejni muvvofaqiyatli tamomlab, Toshkent davlat san’at va madaniyat institutining musiqali drama teatri fakultetiga o‘qishga qabul qilindi. To‘rt yil davomida bir qator rollarni ijro etdi. Jumladan “Arshimalol” da Asqar obrazi, “Super qaynonada” To‘lqin obrazi hamda diplom spektakli uchun olingan N.Qobilning “To‘da” musiqali dramasida Samandar bosh qahramoni, Gʻulom Zafariyning “Xalima” musiqali dramasida Nemat bosh qahramon obrazlarin ijro etdi. 2013 yilda oliygoxni tugatgach, Farg‘ona viloyatidagi Yusufjon Qiziq Shakarjonov nomidagi Viloyat musiqali drama teatrida ijod faoliyatini boshladi. Aktyor Azizbek Isroilov teatrda bir qator rollarni ijro etdi. “Boy xotin” spektaklida Muxbir, “Tanti qishloq xangomalari” spektaklida Maxsum qo‘shni obrazi, “Kampir topaymi dadajon” spektaklida Asanboy obrazi, “Zaxarli tomchi” spektaklida Abror obrazi, “Maysaraning ishi” spektaklida bosh qahramon Cho‘ponali obrazlarini mahorat bilan ijro etdi. Azizbek Isroilov teatrda aktyor bo‘lib cheklanib qolmay, Farg‘ona shahar san’at kollejining aktyorlik san’ati bo‘limida vokal sinfi hamda sahna nutqi fanlaridan yosh avlodga sahna sirlarini o‘rgatib kelmoqda. Azizbek Isroilov ijod faoliyatida Respublika, viloyat, shahar va tumanlar miqyosida o‘tkazilgan Navro‘z, Mustaqillik tantanalari, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni, 1-oktyabr Ustoz va murabiylar kuni va bir qator tadbirlarda boshlovchi suxandon sifatida faol qatnashib kelmoqda. A.Isroilov ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi 732-sonli qaroriga asosan Marg‘ilon shahrida tashkil etilgan musiqali maqom teatida yetakchi aktyor sifatida faoliyatt ko‘rsatib kelmoqda. Maqom teatrining ilk spektakli “Shashmaqom” spektaklida Amir Nasrullox shox obrazi, “Muxabbat bo‘stoni” konsert spektaklida Xud xud obrazlarini maromiga yetkazib ijro etdi. Isroilov Azizbek na’munali oila boshlig‘i, shogirdlarga e’tiborli va mehribon ustoz, jamoa va muxlislar orasida ustoz san’atkor sifatida hurmat qozongan.