Abduraimov Kamoliddin Karimovich
Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining artist sozandasi, 1963- yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek Abduraimov Kamoliddin Karimovich (artist-sozonda) Abduraimov Kamoliddin Karimovich Andijon san’at kollejini tamomlab, Marg‘ilon Nurxon teatrida ish faoliyatini boshlagan. 1985- yilda Shaxrisabzda bo’lib o’tgan “Yakka cholg’u” cholg’uchilar konkursida faxrli II o’rinni egallagan. 1990- yilda “Xalkaro folklyor musiqa festivali”da ishtirok etgan. 2019 yili Farg‘ona viloyati madaniyat boshqarmasi qoshidagi namunali maqom ansamblida ish faoliyatini davom ettirgan. U ish faoliyati davrida 2018 yilda Shaxrisabz shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Maqom San’ati anjumanida,2019 yilda Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan Buyuk ipak yo‘li “Xalkaro folklyor musiqa festivali”da maqom ansambli bilan asosiy sahnalarda faol ishtirok etgan. 2019-yili Surxandaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkazilgan 1-“Baxshichilik festivali”da, 2019 yili “Sharq taronalari” xalqaro festivalida faol ishtirok etgan. 2019 yilda Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan “Hunarmandchilik festivali” davlat tadbirining tantanali ochilish marosimida maqom ansambli bilan faol ishtirok etgan. 2020 yilda o‘tkazilgan O‘zbek maqom san’atining 60 yillik Davlat tadbirida Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining jamoasi bilan birgalikda ishtirok etdi. 2019 yil yanvar oyidan buyon Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrida oliy toifali artist-maqomchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Teatrda T.To‘laning “Shashmaqom”, X.Rasulning “Munojot”, Sh.Murodovning “Muhabbat bo‘stoni” va N.Abbosxonning “Navoiy” va musiqali maqom spektakllarini sahnalashtirishda munosib hissa qo‘shib, an’anaviy maqom ijrochiligida yetuk mutaxassis sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. “Sehrli qo’l” sozandalik naminatsiya sohibi. Respublika, Viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan Navro‘z, Mustaqillik bayramlari, Xalqaro festivallarda maqom ansambli bilan faol qatnashib kelmokda. N.Mirzaraximov faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan salohiyatli, malakali artist-maqomchi mutaxassisi sifatida Respublikada ko‘zga ko‘rindi.